alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari «Роль медицинских работников в годы Великой Отечественной Войны» mavzusidagi xalqaro onlayn-konferensiyada ishtirok etdilar

16:42 07.05.2020

Ikkinchi Jahon urishida fashizm ustdan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro onlayn-konferensiya Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti tashabbusi bilan o‘tkazildi.


Xalqaro onlayn-konferensiyani Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti rektori, professor S.N.Mammayev tabrik so‘zi bilan ochdi va onlayn-konferensiya ishtirokchilarini fashizm ustdan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi bilan tabrikladi.


Xalqaro onlayn-konferensiyada Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti,  Ozarbayjon tibbiyot universiteti,  Kozog‘iston-Rossiya tibbiyot universiteti,  Buxaro davlat tibbiyot institutidan professor-o‘qituvchilar Ikkinchi jahon urishida tibbiyot xodimlarining ishtiroki, jangohlarda shifokorlarni ko‘rsatgan jasorati, urish davrida keng tarqalgan kasalliklar, yaralangan askarlarga tibbiy yordam berish, kasaliklarga qarshi kurash borasida olib borgan ishlari xususida ma’ruzalar qilishdi.



Xalqaro onlayn-konferensiyada Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov «Вклад медицинских работников Узбекистана в победе в Великой Отечественной Войне» mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada o‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarning Ikkinchi jahon urishi davrida olib borgan ishlari, qahramon shifokorlar, o‘sha davrda faoliyat ko‘rsatgan shifoxonalar, front ortiga yuborilgan yaradorlar, nogironlar, O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urishi qatnashchilariga qaratilgan e’tibor xususida ma’lumot berib o‘tdi.


Xalqaro onlayn-konferensiya tibbiyot xodimlari dunyoda tinchlikni barqaror bo‘lishi, insonlar salomatligini mustahkamlash va saqlashda hamisha hamfikr, hamjihat ekanligini ko‘rsatdi.


«Роль медицинских работников в годы Великой Отечественной Войны» mavzusidagi xalqaro onlayn-konferensiya o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!