Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari  “Симуляционное обучение в медицине: опыт, развитие, инновации” Xalqaro onlayn konferensiyasida

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Rossiya Tibbiyotda simulyatsion o‘qitish jamiyati (РОСОМЕД)ning  IX syezdi doirasida tashkil etilgan onlayn konferensiyasida tibbiy ta’limda simulyatorlardan foydalanish tajribalari, taraqqiyoti, innovatsion yangiliklari yuzasidan taqdimotlar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, konferensiyada turli tanlovlar, jumladan, simulatsion ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi videoroliklar tanlovi ham o‘tkazilmoqda.

Rossiya, Fransiya, Belgiya, Turkiya kabi davlatlarning yetuk mutaxassislari tibbiy ta’limda  simulatorlardan samarali foydalanish borasida taqdimotlar qilayotgan xalqaro onlayn konferensiyada  Andijon davlat tibbiyot instituti rektori v.v.b. G‘.Xodjimatov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b B.Abdullajonov, Axborot  texnologiyalari bo‘yicha prorektor v.v.b. Z.O‘tanov, o‘quv bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov, fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari hamda professor-o‘qituvchilari ham onlayn ravishda o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol  ishtirok etmoqdalar.

“Медкомплекс», “ Виртумед” kabi bir qator tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan konferensiyadagi taqdimotlar, ko‘rgazmali mashg‘ulotlar, albatta,  tibbiy ta’lim tizimida zamonaviy  o‘quv jihozlaridan foydalanish samaradorligi oshirishga munosib hissa qo‘shadi.

ADTI axborot xizmati.

342