Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda

image_pdfYuklab olish (pdf)

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 1995-yil 20-sentabrdagi №177-son bilan ro‘yhatga olingan “Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus fondi to‘g‘risida”gi Nizomiga asosan, hamda institut ma’muriyati va xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomasiga muvofiq Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari attestatsiyadan o‘tkazilmoqda.

Institut rektorining buyrug‘i bilan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor v.v.b. B.R.Abdullajanov, fakultet dekanlari, bo‘lim boshliqlari, bosh yuriskonsultdan iborat kafedra va kafedra xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish hay’ati institut rektori, professor M.M.Madazimov raisligida faoliyat boshlashdi.

Attestatsiya jarayonida professor-o‘qituvchilarning 2020-yil davomida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlaridagi ishtiroki institutning reytingi natijalari bo‘yicha baholandilar.

Attestatsiya hay’ati har bir professor-o‘qituvchilar tomonidan 2020-yil davomida bajarilgan ishlar alohida tahlil qildi. Belgilangan tartibda muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

 

ADTI axborot xizmati

160