alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon Davlat tibbiyot instituti professor-o`qituvchilari beshta  muhim tashabbus ijrosini amalga oshirmoqdalar.

14:47 23.11.2019

Yoshlarning ertangi istiqboli, ma`naviyatimiz rivoji uchun xizmat qiluvchi ezgu tashabbuslarning amaliyotga tatbiqi Andijon Davlat tibbiyot instituti vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti akusherlik va ginekologiya kafedrasi  professor -o`qituvchilari tomonidan Andijon shahar 37-umumta`lim maktabida ham amalga oshirildi.

Tashrif davomida kafedra xodimlari o`quvchi yoshlar bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish va ularni bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo`yicha belglab berilgan 5 ta muhim tashabbus haqida suhbat o`tkazdilar.
Birinchi tashabbus “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san`atning boshqa turlariga qiziqishni oshirishga, iste`dodini yuzaga chiqarishga” qaratilganligi, hozirgi kunda o`quvchi yoshlar uchun bu sohada maktabda, shahar va tumanlarda to`garaklar mavjudligi, bu to`garaklarda ular o`z iste`dodini namoyon qilishlari, bo`sh vaqtlarini mazmunli va qiziqarli o`tkazishlari mumkinligi haqida aytib o`tishdi.

Uchinchi tashabbus “Aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internrtdan samarali foydalanishni tashkil etish” ga qaratilganligi haqida ham suhbat o`tkazildi. Maktabdagi komputer xonalari, u yerda o`quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, internetdan samarali foydalanish, ilm-fan, texnika yangiliklari, o`quvchilar uchun kerakli axborotlarni internet orqali izlash haqida aytib o`tdilar.

To`rtinchi tashabbus – “Yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish bo`yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo`naltirish” ga qaratilganligi, kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati ekanligi, kitob insonlarga  hayotiy saboq berib, ma`naviyatini oshirib  borishi haqida aytib o`tildi. Kitobxonlik aslida buyuk kelajak uchun kafolat bo`lganidek, yoshlarni kitobni sevishga, eng kitobxon mamlakat darajasiga chiqish yo`lida amalga oshirilishi lozim bo`lgan masalalarga qaratilgan tusuntirish ishlari olib borildi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!