alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Marhamat tumanida mahorat darslarini o‘tkazdilar

16:53 19.11.2020

Ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga munosib hissa qo‘shish, ta’lim samaradorligi oshirish, oliy ta’lim va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Marhamat tumanida  umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun mahorat darslarini o‘tkazdilar.

Tumandagi 47-IDUM bazasida Andijon davlat tibbiyot instituti tibbiy kimyo kafedrasi assistenti N.A.Razzaqov tuman maktablarida faoliyat olib borayotgan qirqdan ziyod kimyo fani o‘qituvchilariga “Atom orditallarining gibridlanishi ” mavzusida,  biologiya kafedrasi dotsenti T.Saydullayev esa biologiya fani o‘qituvchilariga “Genetika asoslari” mavzusida mahorat darsi o‘tib berdilar.

Mahorat darslari interaktiv usullardan hamda video darslardan foydalanib o‘tkazildi, tinglovchilarni mavzular bo‘yicha qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Mahorat darslarida o‘qituvchilar faollik va qiziqish bilan ishtirok etdilar.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!