alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Marhamat tumanida  

17:53 02.12.2019

Andijon davlat tibbiyot institutida “Oila-maktab-mahalla-oliy ta’lim” ta’moili asosida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. SHifokorlik kasbining mas’uliyatli vazifasini sidqidil bilan bajarib kelayotgan jamoa xodimlari,  professor-o‘qituvchilari instituti rektori M.M.Madazimov boshchiligida aholiga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida Marhamat tumanining bir qator qishloq, mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi maktablarda bo‘lishdi.

Ta’lim islohotlarida maktab o‘quvchilarini oliy ta’limga jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Maktablar va oliy ta’lim muassasalari hamkorligi yoshlarning komil insonlar bo‘lib kamol topishlari uchun juda zarurdir.

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasi Marhamat tumani umumta’lim maktablari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalarini mustahkamlab bormoqda.

Tashrif davomida maktab o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, darsliklar, uslubiy qo‘llanmalar bilan bevosita tanishdilar, pedagog va o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, Prezidentimizning tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan yakindan tanishdilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining maktablar bilan ilmiy-uslubiy hamkorligi davom etmoqda

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!