Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam ko‘rsatdilar

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Ayni paytda mamlakatimizdagi barcha soha vakillari koronavirus ofatiga qarshi kurashishda faol ishtirok etmoqda. Xalqimizga xos mehr-muruvvat, saxovat kabi xislatlar yanada ko‘proq namoyon bo‘lmoqda.

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqlarining bir qismini, jami 46 744 000 so‘mni “O‘zbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz yordam tariqasida o‘tkazib berdilar.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, fondga yig‘ilgan mablag‘lar dori-darmon, tibbiy anjomlar, dezinfeksiya, shaxsiy gigiena vositalari va koronavirusga qarshi kurashdagi boshqa choralarni moliyalashtirish, tibbiyot xodimlarini rag‘batlantirish uchun ishlatiladi.

ADTI axborot xizmati 

294