(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari  Qo‘rg‘ontepa tumani umumta’lim maktablarida

18:32 17.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 1-dekabrdagi 87-02-664-sonli modemogrammalarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 8-umumta’lim maktablarida bo‘lishdi.

X.Aliyev rahbarligida A.Sattarov, X.Sapioxunovalardan iborat guruh mazkur maktabda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirish, ularga medotik yordam berish maqsadida mahorat darslarini tashkil etdilar.

Bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqotda bo‘lib oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari, maktab dasturiga kiritigan fanlarning ahamiyati haqida tushuncha berishdi, o‘quvchilarni qiziqtigan savollarga  batafsil javoblar berishdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining maktablar jamoalari bilan uchrashuvlari davomida mazkur hamkorlik muntazam davom etishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

ADTI axborot xizmati