alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari sport musobaqalarida

17:59 20.11.2020

Joriy yilning noyabr oyi butun respublikamizda ommaviy sport oyligi deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Sport musobaqalarini o‘tkazishdan maqsad professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportni ommalashtirishdan iborat bo‘ldi.


4 ta fakultet o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda ayollar va erkaklardan alohida alohidadan jamoalar voleybol, stol tennisi va shaxmat sport turlari bo‘yicha bellashdilar. Bahslarni reabilitologiya va jismoniy tarbiya kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay’ati kuzatib borishdi.


Ko‘pchilikni qiziqtirgan stol tennisi bahslarida erkaklar o‘rtasida ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Mahmudov, ayollar o‘rtasida esa 1-akusherlik va ginekologiya kafedrasi o‘qituvchisi G.Sobirova g‘olib bo‘ldi.


Eng tomoshabop o‘yin voleybol bahslari bo‘ldi. Institutning barcha professor-o‘qituvchilari voleybolninng muhlisi ekanligini ko‘rsatishidi. Mazkur bahslarda stamatologiya fakulteti erkaklar jamoasi, ayollar o‘rtasida esa pediatriya fakulteti jamoasi g‘olib bo‘lishdi.

“Aql gimnastikasi” sanalmish shaxmatda esa Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti jamoasi shifokorlarga xos zakovatlarini ko‘rsatishdi. Shaxmat bo‘yicha shu fakultet vakillari M.Qosimxojiyev hamda R.Saxataliyevalar g‘olib bo‘lishdi.


Qizg‘in baxslar yakunida umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni pediatriya fakulteti jamasi egalladi. 2-o‘rinni stomatologiya fakultet, 3-o‘rinni esa davolash fakulteti jamoasi egalladi.


G‘oliblar va musobaqalarning faol ishtirokchilari institut ma’muriyati va xodimlar kasaba uyushmasi tomonidan “Diplom” va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


Qizg‘in bahslarga boy sport musobaqalari barcha ishtirokchilar va tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!