alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari targ‘ibot tadbirlarida

18:30 15.01.2021

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2020 yil 27 oktabrdagi 7-sonli yig‘ilish bayoni tug‘risidagi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 5-yanvardagi 8-sonli buyrug‘ining ijrosi yuzasidan Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilaridan  iborat guruhlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2020-yil 29-yanvar  kuni Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasini mazmun mohiyati bilan to‘liq tanishtirish  maqsadida joylarda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etmoqdalar.

Jumladan, O‘zbekiton milliy universiteti dotsenti X.Umarov raisligida ADTI kafedra mudirlari R.Raxmonov, M.Teshaboyev, U.Abduqodirov, R.Raimjonovlardan iborat guruh Jalaquduq tumanidagi Musiqa va san’at maktabida bo‘ldilar.

O‘zbekiton milliy universiteti dotsenti N.X.Bekmurodov raisligida ADTI professori A.B.Pakirddinov, dotsent A.A.Mirzayev va katta o‘qituvchilar U. Sh.Mamajonov,  A. M.Azimovlardan iborat guruh Xo‘jaobod tumanining Salomatlik tibbiyot kollejida bo‘ldilar.

Targ‘ibot tadbirlarida  davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida yangi 2021 yildan ta’lim, tibbiyot, iqtisodiyot, ma’naviyat, sport sohalarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar, vazifalar bilan yaqindan tanishtirmoqdalar .

Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

ADTI ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar bilan ishlash bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!