alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari viloyatimizning umumta’lim maktablarida

17:47 07.12.2020

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Izboskan tumanidagi 33-, 47-, 50- va Xo‘jaobod tumanidagi 26-umumta’lim maktablarida bo‘lishdi.

X.Aliyev rahbarligida T.Saydullayev, Z.Rahmatova, X.Noibjonova, S.Mahammatova, N.Qurbonaliyeva, M.Ortiqovlardan iborat guruh mazkur maktablarda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilar kasbiy mahoratini oshirish, ularga medotik yordam berish maqsadida mahorat darslarini tashkil etdilar.

Bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan ochiq muloqotda bo‘lib oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida kimyo, bilogiya, o‘zbek tili va adabiyoti fanlari muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida tushuncha berishdi, o‘quvchilarni qiziqtigan savollarga  batafsil javoblar berishdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilarining maktablar jamoalari bilan uchrashuvlari davomida mazkur hamkorlik muntazam davom etishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!