Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari Xo‘jabod tumani umumta’lim maktablarida

image_pdfYuklab olish (pdf)

Andijon davlat tibbyoit instituti biologik fizika, informatika, tibbiy texnologiyalar kafedrasining professor-o‘qituvchilaridan – kafedra mudiri, dotsent Sh.A.G‘ulamov, assistent  O.M.Atabayev va laboratoriya mudiri B.Mo‘minovlar Xo‘jabod tumanidagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida kafedra professor-o‘qituvchilari maktab jamoasi bilan tanishdilar, samimiy muloqat o‘tkazdilar.

Mazkur maktabda ona tili va matematika fanlari 10-sinflarda chuqurlashtirilgan shaklda o‘tiladi. Maktabda elektron jurnal tadbiq qilingan bo‘lib, baxolar kundalik.com tizimiga kiritiladi.

Kafedra professor-o‘qituvchilari maktab pedagoglari bilan hamkorlikda kelajakdagi hamkorlik ishlari strategiyasi ishlab chiqildi va uchrashuv oxirida yangi adabiyotlar takdimotini o‘tkazdilar.

Sh.A.G‘ulamov

ADTI biologik fizika, informatika, tibbiy texnologiyalar kafedrasining mudiri, dotsent

84