alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari “YANGI O‘ZBEKISTON – YANGICHA DUNYOQARASH”  ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot o‘quv kurslarida

14:57 10.11.2020

Andijon davlat universitetida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida aholining barcha qatlamlarini to‘la qamrab olish maqsadida noyabr oyida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostida o‘tkaziladigan targ‘ibot tadbirlari samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv kurslari tashkil etildi.

Dasturga ko‘ra o‘quv kurslari uch kun davom etishi belgilangan bo‘lib, unda turli mavzular bo‘yicha davlat va jamoat arboblari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, professorlar, sohalar bo‘yicha yetuk mutaxassislar tinglovchilarga tahliliy materiallar, xulosalar, metodikalarni taqdim etadilar.


O‘quv kursida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, jumladan Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari, xalq ta’limi xodimlari, turli tashkilotlari vakillaridan iborat targ‘ibot guruhlari uchun O‘zbekiston milliy universiteti rektori Avazjon Maraximov, Andijon davlat universiteti rektori Akramjon Yuldashyev, TIQXMMI dotsenti Raximboy Jumaniyozov, Ichki ishlar akademiyasi professori Gulchehra Matkarimova, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Xaydarali Muxamedov va boshqa trenerlar o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqdalar.

Kurs davomida Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomasi, O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati, Konstitutsiyamizning huquqiy ahamiyati, Yangi O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichi kabi masalalarda mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.

Tinglovchilar uchun uch kun davomida 26 nafar trenerlar yordamida pandemiya davrida davlatimiz tomonidan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mazkur islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, uning har bir kishi hayoti, farzandlari kelajagiga ta’sirini tushuntirish, omma bilan maqsadli va manzilli ishlash texnologiyalari, targ‘ibot ishlarini amalga oshirish metodlari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!