alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirida

16:12 16.11.2020

Andijon viloyati bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar aholining kayfiyatini ko‘tarish, ularda yurtimizda kechayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash, mehr-oqibat, shukronalik, o‘zaro yordam kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yanada kuchaytirishda alohida ahamiyatga ega bo‘lmoqda.




Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishmoqda. Institut professor-o‘qituvchilaridan iborat targ‘ibot guruhi Andijon shahridagi 7-umumta’lim maktabida bo‘lishdi.




Ta’lim dargohiga tashrif buyurgan targ‘ibot guruhi a’zolari dastlab maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilar tomonidan qo‘l mehnati yordamida tayyorlangan ko‘rgazmalar bilan tanishdilar.


Andijon ixtisoslashtirilgan san’at maktabiga uyushtirilgan tashrif ham juda mazmunli bo‘ldi.


Ma’naviy-ma’rifiy tadbir doirasida targ‘ibot guruhi a’zolari xalq farovonligi va yurt tinchligi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatimizning keyingi yillarda jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, ijtimoiy hayotga tatbiq qilinayotgan yangilik va o‘zgarishlar yuzasidan fikrlar bildirdilar. San’at maktabining iste’dodli yoshlari mahorati targ‘ibot guruhi a’zolari tomonidan yuqori baholandi.


“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir shahardagi 17-maktbda ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Bayramona tadbirdagi kuy, qo‘shiqlar, shoirlarning ijod namunalari barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!