Andijon davlat tibbiyot instituti tibbiy kimyo kafedrasi tashabbusi bilan institut qoshidagi 1-sonli akademik litseyda “Kitobxonlik targ‘iboti” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni ADTI qoshidagi 1-sonli akademik litsey o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Aripjonov ochar ekan, talabalarga shunday sharoitlar yaratilgan vaqtda ta’lim olayotganliklari va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish zarurligi, bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli o‘tkazishlari kerakligi haqida o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Tibbiy kimyo kafedrasi professori T.Inaqov talabalarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy qutladi va kitob mutolaasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.
Tadbirda so‘z olgan tibbiy kimyo kafedrasi dotsenti YU.Xolboev talabalarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishda kitobning ahamiyati yuqori ekanligi haqida so‘z yuritdi va litseyning ARM fondiga kafedra nomidan badiiy va ilmiy kitoblar sovg‘a qilindi.
Tadbirda kafedraning o‘qituvchisi, k.f.n. U.Abduraxmonov, N..Razzoqov, katta o‘qituvchi J.Mamajonov va X..Noibjonnovalar ham ishtirok etib, o‘zlari o‘qigan asarlar haqida so‘lab berdilar, talabalarga yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanib, kelajakda o‘z kasbining etuk kadrlari bo‘lib etishishlarini aytib o‘tdilar. Tadbir qizg‘in baxs va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.