Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyati QS Quacquarelli Symonds kompaniyasi seminarida

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun QS Quacquarelli Symonds kompaniyasi tomonidan “QS reytinglar uslubiyoti” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Zoom dasturi asosida o‘tkaziladigan mazkur seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mas’ul xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining mas’ullari, jumladan, Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori va reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilishiga tashkiliy tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Maxsus ishchi guruhlarni a’zolari ishtirok etdilar.

Britaniyaning Quacquarelli Symonds (QS) konsalting kompaniyasining onlayn seminarida o‘zaro hamkorlik aloqalari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi pozitsiyalarini oshirishga doir chora-tadbirlar, shuningdek, “Ilm-fan – 2020” dasturi ijrosini ta’minlashga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Oliy ta’lim muassalarining xalqaro reytinglarga kirishi oliy ta’lim muassasalarining rivojlangan ilmiy-tadqiqot salohiyatga ega muassasalarga aylanishini ko‘zda tutadi. OTMlarning ilmiy salohiyati Scopus ilmiy ma’lumotlar bazasini qo‘llovchi yetakchi reyting agentliklari tomonidan o‘lchanadi. Shuning uchun, e’tirof etish kerakki, “QS reytinglar uslubiyoti” mavzusida seminar mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari rahbariyati uchun alohida ahamiyat kasb etadi.

ADTI axborot xizmati  

143