alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rahbariyatining talabalar bilan uchrashuvi davom etadi

16:27 15.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov tashabbusi bilan institut talabalari bilan ochiq muloqotlar davom etmoqda. Instituti ma’muriyatining talabalar bilan ochiq muloqotlarida institut rektori, prorektorlar, dekanlar ishtirok etishmoqda.

Navbatdagi ochiq muloqot pediatriya fakultetining 1-bosqich talabalari bilan o‘tkazildi. Institutning Kengashlar zalida o‘tgan ochiq muloqotda institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov, pediatriya fakulteti dekani A.Gafurov dekan o‘rinbosari U.Ahmedovlar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori P.X.Asxanov ta’lim jarayoni, o‘quv dasturlaridagi yangiliklar bilan tanishtirdi. Shundan so‘ng, talabalarning malakali mutaxassislar  bo‘lib kamolga etishilari uchun esa institutda barcha shart-sharoitlar yaratilganligi ta’kidlar ekan, Institutning smulatsion markazi, Axborot-resur markazida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan talabalar yaxshi yutuqlarga erishayotganligi, yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishlari zarurligini uqtirib o‘tdi.

Andijon davlat tibbiyot instituti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor P.X.Asxanov shu kuni tibbiy profilaktika yo‘nalishi 1-, 2-, 3-kurs talabalari bilan ham ochiq muloqot o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda tibbiy profilaktika yo‘nalishi mas’uli S.Xolmirzaeva ishtirok etdi.

Samimiy suhbat davomida prorektor P.X.Asxanov ta’lim sifatini yaxshilash borasida talabalarning fikr-mulohaza, takliflarini bilan tanishdi. Shuningdek, tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga, institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi,  xorijiy tillarni o‘rganishi, to‘garaklarga faol qatnashishi zarurligini aytib o‘tdi.

ADTI axborot xizmati 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!