Andijon davlat tibbiyot instituti rektori 2-kurs talabalari bilan uchrashdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil  3- aprel kuni  Andijon davlat tibbiyot instituti  ilmiy kengashlar zali,  1-,2- ma’ruzalar zallarida  institut rektori M.Madazimov bilan  barcha fakultetlarning 2-kurs talabalarining  uchrashuvi  bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda institut rektori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev raisligida joriy yilning  19 -mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi to’g’risida gapirdi.

Jumladan,  yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga yo’naltirilgan 5   ta tashabbus mazmun-mohiyatini tushuntirib berdi.

Shuningdek, ochiq muloqot davomida institut rektori talabalarni kunlik darslarni kunda mukammal  o’zlashtirishi, xorijiy tillarni o’rganish, internetdan to’g’ri maqsadlarda foydalanish, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga, doimo faol bolishga chaqirdi. Buning uchun esa  institutda barcha sharoitlar va imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, kelgusida ularni bilimli,mohir shifokor bo’lishlari uchun  faqat o’qib izlanishlari lozimligini aytib o’tdi.

Talabalarni qiziqtirgan savollar va takliflar bilan qiziqib, ularning oqishlariga omad va zafarlar tiladi.

 

583