Andijon davlat tibbiyot instituti rektori abituriyentlar bilan uchrashdi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

2019-yil  5-iyul kuni Andijon davlat tibbiyot  instituti rektori M.Madazimov  abituriyentlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog’ida institut rektori ADTIda 2019-2020 o’quv yiliga abiturientlarni onlayn tarzda ro’yxatdan o’tishi, ro’yxatdan o’tkazishda ular uchun yaratilgan qator qulayliklar, jumladan hujjatlarni qabul qilishda avvalgi yillarga nisbatan abiturientlarning  vaqtini tejashga qaratilgan elektron tizimlar yaratilganligini aytib o’tdi.

Abiturientlarni yashash joylarida o’zi xohlagan oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi yoki  davlat xizmati agentligi orqali  ro’yxatdan o’tishlari mumkinligiga  to’xtaldi.

Xususan, institutdagi qizg’in qabul jarayoni, qabul komissiyasining bugungi faoliyati, yangiliklar va  imtiyozlar haqida ma’lumot berdi. Qabul jarayonida abituriyentlarni  firibgarlardan ehtiyot bo’lishlarini  alohida ta’kidladi.

Shuningdek, abiturientlarni qiziqtirgan savollarga javob berib, ularga test sinovlarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

352