alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimovning 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan talabalarga tabrigi

09:32 30.06.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimovning 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan talabalarga tabrigi

Aziz talaba – o‘g‘il-qizlarim! Sizning ilmga chanqoq, shijoat-la porlab turgan ko‘zlaringizga boqib, Muhtaram Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, kelajagi buyuk Yangi O‘zbekistonni ko‘raman. Bugungi kunda mamlakatimizda yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaratilgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda  yoshlarimizning o‘rni va ta’siri tobora ortib borayotgani rost gap.

Hayotimizning barcha soha va yo‘nalishlarida yoshlarimiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. Siyosiy saviyasi yetuk, mustahkam fuqarolik pozitsiyasiga ega yuzlab yigit-qizlar boshqaruv organlarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xususan, bizning Andijon davlat tibbiyot institutida 7234 nafar bakalavr, 499 nafar talabalar magistraturada yo‘nalishlarida taxsil olmoqda. Ularning ichida iqtidorli va salohiyatli yoshlar ko‘p. Bugungi kunda ular axborot texnologiyalari, startap loyihalari, ratsionalizatorlik takliflari bilan respublika va xalqaro miqiyosda faxrli o‘rinlarni olib, oliygohimiz nufuzini oshirib kelmoqdalar. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Mehrinoz Komilova, “Yil talabasi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari Abdurauf Abdurashidov, Ma’rufjon Po‘latov, “Yosh akademik”larimiz Islomjon Bektoshev, Asilbek Dilshodov, Muhammadayub Boboyev, “Yosh akademik”lar terma jamoasi a’zolari, “Yosh volontyorlar”, “Shifokorlar” teatr jamoalarining bugungi kunda erishayotgan yutuqlari taxsinga sazovor.

Qadrli talaba-yoshlar! Siz ham mana shu talabalarimizdan o‘rnak olib o‘zingizni namoyon qiling. Yurtimiz taraqqiyotiga munosib xissa qo‘shing. Chunki institutimizda iqtidorini namoyish etishni istagan barcha talabalarga imkoniyatlar yaratilgan.  Sizning har bir muvafaqqiyatingiz e’tiborimizda. Biz sizlar bilan faxrlanamiz, sizga ishonamiz! Vatanimiz, xalqimiz farovonligi, salomatligi yo‘lida mustahkam iroda, iymon-e’tiqod, halollik bilan faoliyat boshlang. Sevimli ayyomingiz – “Yoshlar kuni” barchangizga muborak bo‘lsin!

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!