alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimovning institut xodimlari va talabalariga Yangi yil tabrigi

14:33 30.12.2021

Aziz hamkasblarim, qadrli talaba-yoshlar!

Yana bir qutlug‘ kunni Siz bilan bir jamoada va bir safda kutib olayotganimdan beixtiyor xursandman.

Yana bir yoshni ortda qoldirib, Yangi yil kirib kelmoqda. Har bir soniyalarimizni sarhisob qilar ekanmiz, barchamiz baxtning karvonida ekanligimizdan bir olam shodlikni tuyamiz.

 

Mening ilmga chanqoq, ko‘zlarida shijoat barq urib turgan farzandlarim!

Bilsangiz, Sizning kuch va g‘ayratingizdan faxrlanaman. Bugun Andijon davlat tibbiyot institutida taxsil olayotgan 8217 nafar talaba mening kelajak umidimdir. Sizning har bir erishayotgan yutuqlaringiz menga quvonch bag‘ishlaydi.

2021-yil biz uchun ulkan muvaffaqiyatlar keltirdi. Bugungi kunda institutimizda 47 tadan ortiq fan, 14 ta sport, 2 ta tikuvchilik to‘garaklari mavjud bo‘lib, unda 2000 nafardan ortiq talabalar ilm-fan, kasb-hunar sirlarini o‘rganib kelishmoqda. Shuningdek, 300 nafar iqtidorli talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarida izlanish olib bormoqda.

Joriy yilda Xalqaro va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Tibbiyot institutlari tomonidan o‘tkazilgan fan olimpiadalarda 245 nafardan ortiq talabalar ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. 6 ta startap loyihalari ma’qullanib, 3 milliondan 50 milliongacha pul mukofotiga sazovor topildi.

Eng quvonarlisi, 2021-yilning o‘zidayoq 1 nafar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, 1 nafar “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti sohibi, 2 nafar nomdor stipendiya nomzodlari, 3 nafar Yoshlar akademiyasi a’zolari, 8 nafar viloyat hokimi stipendiyantlarining erishayotgan yutuqlari ulkan natija albatta!

Bundan tashqari madaniy-ma’rifiy, san’at, sport sohalarida ham muvaffaqiyat qozonayotgan yoshlarimizning soni kundan-kun ortib bormoqda.

 

Hurmatli hamkasblar!

Sizning zaxmatli va sharafli mehnatingizni qadrlayman doim. Tibbiyot sohasida zamonaviy va malakali kadrlarni yetishtirishda Sizning sabru matonatingizni qancha e’tirof etsak oz. 2020-yilda 6 ta falsafa doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021-yilda 23 taga oshirildi. Qo‘lga kiritilgan ixtiro va patent guvohnomalar soni esa 52 taga yetkazildi. 38 ta monografiya, 265 ta O‘zbekiston OAK tasarrufidagi jurnallarda, 34 ta Scopus, 638 ta xorijiy jurnallarda, 201 ta xorijiy konferensiya to‘plamlarida, 3074 ta O‘zbekiston konferensiya to‘plamlarida ilmiy maqolalar chop etilgan bo‘lsa, ratsionalizatorlik takliflari 239 ta, amaliyotga tadbiq etilgan ishlar esa 368 tani tashkil etadi. Institut miqyosida esa 32 ta ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi.

Bu hali hammasi emas, 53 tadan ortiq xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari davom etmoqda. Nufuzli oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari tomonidan masofaviy va bevosita mobillik dasturi asosida dars jarayonlari olib borilmoqda.

Yil oxiri biz uchun kutilmagan imkoniyat eshigini ochdi. Muhtaram Yurtboshimizning saylovoldi dasturlari davomida Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasiga qilgan tashriflari chog‘ida Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyati tubdan takomillashtirilishi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tdilar. Bu borada esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori ham tasdiqlandi. Hozirda klinikada qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda. Kelgusi 2022-yilning oxirlarida biz uchun yangi davr boshlanadi. Klinikada xirrurgiya, kardioxirrurgiya, neyroxirrurgiya, urologiya, nefrologiya markazlari, shuningdek, transplantologiya, endoxirurgiya, rentgenendovaskulyar xirurgiya, endourologiya, nevrologiya va tibbiy genetika yangi bo‘limlari hamda immunogenetik laboratoriya tashkil etiladi.

Qolaversa, Prezidentimiz tashabbusi bilan talabalarimiz zamonaviy tibbiy ta’limni egallashlari uchun 1000 o‘rinli o‘quv binosi va talabalar turar joyi zamon andozalariga mos ravishda qad rostlamoqda.

Bu yaratilayotgan sharoitlar xodimlarning samarali ish faoliyati hamda talabalarning puxta bilim olishlari uchun amalga oshirilmoqda.

 

Qadrli, do‘stlar!

Tilagim, Yangi yil biz uchun fayzli va barokatli kelsin!  Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin! O‘zingiz va oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, dasturxoningizga to‘kinlik, har bir kuningizga baxt-saodat tilayman! Yangi yilda yana bir jamoada ishlash barchamizga nasib etsin. Men va kejagimiz uchun o‘zingizni ehtiyot qiling, deyman!

 

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!