alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Astraxanda o‘tkazilayotgan Rossiya-O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining mintaqaviy forumida qatnashmoqda

11:12 09.04.2019

2019- yil 8- aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Astraxan shahrida Rossiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining mintaqaviy forumi o‘z ishini boshladi. Mazkur forumda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov boshchiligida  vazirlik mutaxassislari va 20 ta oliy ta’lim muaasasalari rektorlari qatorida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori  M.Madazimov ham ishtirok etmoqda.

Forumda 2018-yil oktabr oyida Toshkentda o‘tkazilgan “Yangi iqtisodiyot uchun –yangi kadrlar” O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumida imzolangan hujjatlar bo‘yicha ishlarni amalga oshirish hamda  Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumini o‘tkazishga  tayyorgarlik ko‘rish masalalari hamkorlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ushbu nufuzli tadbir  doirasida O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi delegatsiyasi  Rossiya Federetsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar olib boradilar, Astraxan shahridagi oliy ta’lim muassasalariga tashrif buyurib, ular faoliyati bilan yaqindan tanishadilar.

Shu o‘rinda aytish joizki o‘tgan yil 18- oktabr kuni Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumida rossiyalik hamkorlar bilan 114 ta shartnoma va bitimlar imzolangan edi. Xususan, O‘zbekistonda Rossiya Federatsiyasining 6 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasi filiali va 2 ta fakultetini ochish, 52 ta qo‘shma ta’lim dasturini joriy etishga kelishib olingan edi.

Shunga ko‘ra, hamkorlik doirasida  Andijon davlat tibbiyot instituti bilan Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti qoshida qo‘shma ikki diplomli fakultetlar ochishga kelishib olindi. Jumladan, kelishuvga ko‘ra, stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha 2019-2020 o‘quv yilidan qo‘shma fakultetlarga abiturientlar qabuli, qo‘shma qabul komissiyasi tuzilishi ko‘zda tutilgan, hamkorlikda xalqaro standartlar asosida qo‘shma o‘quv dasturlari ham yaratilishi  rejalashtirildi.

Shuningdek, Astraxan davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlik kelishuvi va “Yo‘l xaritasi” imzolandi. Kelishuvga  asosan, institutlararo qo‘shma ta’lim dasturi, professor-o‘qituvchilar va talabalarning akademik almashinuvi, masofaviy ta’lim, simulyatsion o‘quv markazlarida mutaxassislik fanlari bo‘yicha xalqaro talabalar olimpiadasini, ilmiy-amaliy anjumanlar  o‘tkazishga kelishib olindi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!