Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimovning Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan birgalikda o’tkazilayotgan Aksiyaga tashrifi

image_pdfYuklab olish (pdf)image_printChop etish versiyasi

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov Andijon viloyatida  o’tkazilayotgan Aksiyaning 2-kuni Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) ning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Toteva Evelina xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda professor M.Madazimov mazkur aksiyaning Andijon viloyati ayollari salomatligi uchun katta ahamiyatiga ega ekanligiga to’xtalib, hozirgi vaqtda ayollardagi sut bezi va bachadon saratoni onkologik kasalliklar qatorida yetakchi o’rinlarni egallashini va butun dunyoda xotin-qizlar o’limining asosiy sabablaridan biri ekanligini, shu bois ushbu aksiyaning amaliy natijasi juda yuqori ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, o’zaro hamkorlik aloqalarini kelgusida davom etishi tarafdori ekanligini  aytib o‘tdi. Institut rektori   Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti ultratovush diagnostikasi kafedrasi professori A.A.Fozilovga o’z minnatdorchiligini bilqirdi.

Aksiya ishtirokchilari hamda aksiyada qatnashayotgan ayollar bilan suhbatlashib, ularning ushbu tadbirdan minnatdor ekanliklariga guvoh bo‘ldi. Aksiya tashkilotchilariga va qatnashchilariga  o‘zining samimiy tilaklarini  bildirdi.

Shuningdek, institut rektori  M.Madazimov Toteva Evelina xonimning kelgusida ADTI bilan hamkorligini kengaytirishi haqidagi takliflarini ma’qulladi.

572