alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimovning abiturientlar va ularning ota-onalariga MUROJAATI

14:54 14.08.2020

Aziz abiturientlar va hurmatli ota-onalar!
Har birimiz ulkan orzular, ezgu maqsadlar bilan yashaymiz. Hayotda o‘z o‘rnimizga ega bo‘lish, xalqimizga nafimiz tegadigan inson bo‘lishimiz uchun ilm-fan sirlarini chuqur o‘rganishimiz, kasb-hunar sohibi bo‘lishimiz zarur. Men mamnunmanki, koronavirus pandemiyasiga qaramay joriy yil oliy ta’lim muassalarida o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar va institutlarga hujjatlarini ro‘xatdan o‘tkazganlar sonlari juda yuqori bo‘ldi. Jumladan, 2020/2021 o‘quv yili uchun Andijon davlat tibiyot institutida o‘qish uchun 1 o‘ringa qariyib 28 nafardan abiturient hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bu respublikadagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida eng yuqori o‘rinlardan biri bo‘lishi bilan birga institutimiz nufuzi va salohiyatini ko‘rsatadi. Qolaversa, bu yilgi test sinovlarida bilimdonlar baxsi qattiq bo‘lishi, talabalik baxtigiga eng bilimli yoshlarimiz muyassar bo‘lishi ko‘rinib turibdi.
Respublikamizda bugungi kundagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib 2020/2021 o‘quv yili qabul jarayonida test sinovlarining ochiq, shaffof va betalaofat o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilgan. Buning uchun respublika bo‘yicha xalq ta’limi va oliy ta’lim muassasalarining 3300 nafardan ortiq rahbar va pedagog xodimlari guruh nazoratchilari sifatida jalb etilgan.
Viloyatimizda pandemiya sharoitida test sinovlari Andijon shahrining “Barkamol avlod” (sobiq “Xalqlar do‘stligi”) o‘yingohida o‘tkazilishi belgilangan. Bunda sanitariya-gigiena talablariga to‘liq rioya qilingan holda har bir abiturientga 3m2 dan kam bo‘lmagan joy ajratiladi.
Davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan abiturientlar tibbiy niqob, rezina qo‘lqop, ichimlik suvi, engil oziq-ovqat va ruchka bilan ta’minlanadilar.
Viloyatning ichki ishlar, milliy gvardiya va boshqa mutasaddi tashkilotlari nazoratida abiturientlarning ota-onalari va yaqinlari kutish joylarida to‘planmasliklari ta’minlanib, test sinovlari jarayonlari ommaviy axhborot vositari va ijtimoiy taramoqlarda onlayn ravishda namoyish etiladi.
Test sinovlari ikki smenada, kunning salqin vaqtlarida o‘tkazilib, abiturientlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib beriladi.
Hurmatli ota-onalar!
Test sinovlariga abiturient bilan agarda ikki nafar kishi kelsa kasallikka chalinish ehtimoli ikki baravar ortadi, agar to‘rt nafar kishi kelsa bu ehtimolik to‘rt barobar ortadi. Shuning uchun test sinovlariga abiturientning yolg‘iz o‘zi kelsin, ota-onalar va yaqin qarindoshlar esa uyda qolib farzandlarimizdan yaxshi natijalarni eshitishni kutaylik!
Uyida qolib oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun test sinovlarini yuqori saviyada intizom va yaxshi kayfiyatda o‘tishiga o‘zingizni xissangizni qo‘shing!
Men ishonamanki, mustahkam bilimga ega bo‘lgan abiturient eng yuqori ballar bilan oliy o‘quv yurti talabasi bo‘ladi.
Barcha yoshlariga omad tilayman!   

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!