alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimovning “Yoshlar kuni” munosabati bilan bayram tabrigi

08:56 30.06.2020

O‘zbekiston – yoshlar mamlakati!
Mamlakatimiz aholisining 30 foizi 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun zamonaviy sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Shaxsan mamlakatimiz prezidentining tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun – 30 iyun sanasini mamlakatimizda Yoshlar kuni deb e’lon qilingan.
Bugungi kunda malakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodning bilim va tafakkuri, muayyan kasbni egallashi va salomatligi, ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga etishi singari davlat siyosati darajasidagi vazifalarni izchil davom ettirish – kechiktirib bo‘lmaydigan eng ustuvor vazifadir.
Yoshlarimiz ham mana shu e’tibor, g‘amxo‘rliklarga javoban har bir sohada – ilm-fan, san’at, ishlab chiqarish, sport yo‘nalishlarida ulkan g‘alabalarni qo‘lga kiritishmoqdaki, bu bizni – yoshlar tarbiyasiga mas’ul bo‘lgan pedagoglarni, professor-o‘qituvchilarni behat quvontiradi.
Aziz yoshlar, farzandimizdek bo‘lib qolgan talabalarimiz!
Biz – ota-onalar, ustoz-murabbiylar sizlarni, butun O‘zbekiston yoshlarini Vatanimiz, jamiyatimizning hal qiluvchi kuchi deb bilamiz va xalqimizning mana shunday yuksak ishonchiga munosib bo‘lasiz, deb ishonamiz.
Zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan aziz yoshlarimiz oldimizga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga qodirsiz.
Mana shunday ulug‘ maqsadga erishish yo‘lida barcha yoshlarga sihat-salomatlik, kuch-g‘ayrat, baxt va omad yor bo‘lishini tilayman!
30 iyun – “Yoshlar kuni” O‘zbekistonimizning barcha yoshlariga muborak bo‘lsin!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!