alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori  talabalar ota-onalari bilan  uchrashdi

11:02 19.01.2019

2019-yil 18-yanvar kuni Andijon davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashlar zalida institut rektori M.Madazimov bilan pediatriya fakulteti 3-kurs talabalari ota-onalarining  an’anaviy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash  vazirligining 2016-yil 20-yanvardagi “Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha boshqaruv apparati, tibbiyot davolash-profilaktika hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, tashkilot, korxonalar xodim va talabalarining tibbiy deontologiyasi va madaniyati to‘g‘risida”gi 34-sonli buyrug‘i hamda odob-axloq qoidalari kabi masalalarga qaratildi. Yoshlar masalasi mamlakatimiz siyosatining doimiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida hukumatimizning doimiy e’tiborida ekani ham alohida ta’kidlandi. Shuningdek, hozirgi kunda yurtimizda kechayotgan oliy ta’limdagi islohotlar, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini dunyoning eng yetakchi ta’lim tizimlari erishgan yutuqlardan bahramand etish, ularda o‘qitiladigan eng zamonaviy o‘quv adabiyotlaridan o‘zimizda ham foydalanish uchun imkoniyatlar yaratilgani xususida ham to‘xtalindi.
M.Madazimov uchrashuvda qatnashayotgan  talaba-yoshlar va ota-onalarga  murojaat qilar ekan, farzandlari barkamol va yetuk shaxs bo‘lib yetishishilari uchun muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi va bilim olishi, darslarga o‘z vaqtida kelib-ketishlari, kiyinish odobiga to‘liq rioya etishlari buning uchun ota-onalar muntazam farzandlarini nazoratda tutishlari hamda o’qituvchilar bilan doimo aloqada bo’lishlari maqsadga muvofiq bo’lishini aytib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida talabalar ota-onalari o‘quv jarayoni, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Institut rektori M.Madazimovning ota-onalar bilan bo’lgan bu galgi uchrashuvi ochiq, samimiy muloqot ruhida o‘tdi.
 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!