alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor M.M.Madazimovning Yangi yil bayram tabrigi.

12:00 31.12.2019

Hurmatli ustozlar, qadrli hamkasblar, aziz yoshlar!
 Har bir yil unutilmas lahzalar bilan inson hayotida o‘ziga xos iz qoldiradi. Men o‘ylaymanki, yakunalanayotgan 2019-yil har birimiz uchun samarali, quvonchli, yutuqlarga boy yil bo‘ldi. Chunki yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo! Mana shunday farovon yurtda yanada sidqidil bilan mehnat qilib Yangi yilda ham, albatta, xalqimiz faravonligiga, davlatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shaveramiz.
Azizlar, kirib kelayotgan yangi 2020-yil barchangizga muborak bo‘lsin!
Yangi yil ahil jamoamizdagi professor-o‘qituvchilar, murabbiy va ustozlar, shu ulug‘ dargoh salohiyati yo‘lida mehnat qilib kelayotgan har bir xodim uchun muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Har bir xonadonda tinchlik-xotirjamlik, shodlik, xursandchilik bo‘lsin.
Yangi yil bayramingiz muborak bo‘lsin!

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!