(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori xorijiy talabalar bilan uchrashdi

17:33 21.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov institutning Xalqaro fakultetida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i K.Salohiddinov, xalqaro fakultet dekani M.Teshaboyev va xalqaro ta’lim dasturida tahsil olayotgan talablar va chet ellik talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida institut rektori xorijiy talabalarni institut nizomi, ichki tartib-qoidalari bilan, institudagi mavjud shart-sharoitlar bilan yana bir bor tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, mamlakatimiz Prezidenti tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati xusisida so‘z yuritdi.

Samimiy muloqot davomida xorijiy talabalar institut rektoriga institutda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishayotganliklari, zarur adabiyotlar bilan to‘la ta’minlanganliklari uchun minnaddorchilik bildirishdi. Ayniqsa, institutning simulyatsion markazida olib borilayotgan mashg‘ulotlardan mamnunligini izhor etishdi.

Samimiy muloqot davomida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov xorijiy talabalarning qiziqishlarini o‘rgandi, ularni barcha talabalar qarori ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda, ilmiy ishlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.

ADTI axborot xizmati.