alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORI YUQORI BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHDI

18:37 22.11.2022

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Davolash, Stomatologiya, Pediatriya hamda Farmatsiya fakultetlarining yuqori bosqich talabalari bilan uchrashdi. Unda dastlab, talabalarning yakuniy davlat imtihoniga puxta tayyorgarlik ko’rishlari, amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, kasb sirlarini mukammal o’zlashtirishlari zarurligi aytib o’tildi.

Shu bilan birga talabalar institutni tamomlaganlaridan so’ng ish bilan ta’minlanishlari masalasiga ham alohida to’xtalib,  ularni hozirdanoq faol bo’lishga chaqirdi. Qolaversa, Institut rektori shifokor sifatida duch kelgan hayotiy voqealardan misollar keltirib, tibbiyot xodimi doimo turli vaziyatlarga tayyor turish kerakligini ta’kidladi. Shuningdek, talabalarga ish jarayoniga kirishganlaridan so’ng ham doimiy ravishda sohaga oid yangiliklardan xabardor bo’lib turishlari zarurligini aytib o’tdi. Boisi bugungi kunda barcha sohalar kabi tibbiyot ham kundan kunga rivojlanib bormoqda, yangi texnika-texnologiyalardan, zamonaviy usullardan foydalana oladigan shifokor esa doimo qadrlanadi.

Uchrashuv yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olganlaridan so’ng, institut rektori M.Madazimov barcha talabalarning kelajakdagi faoliyatlarida omad va zafarlar tiladi.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!