alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI REKTORINING BITIRUVCHILAR BILAN ONLAYN MULOQOTI

13:41 01.07.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimovning bitiruvchilar bilan o‘tkazgan onlayn uchrashuvida institut prorektorlari, dekanlar, bo‘lim boshliqlari ham ishtirok etdilar.

Samimiy muloqot davomida nstitut rektori bitiruvchilarni institutni muvaffaqiyatli yakunlayotganliklari bilan tabrikladi. Har bir bitiruvchining ish bilan ta’minlanganligiga e’tibor qaratdi.

O‘z o‘rnida birituvchilar ham joylarda samimiy kutib olinganliklari, shifoxonalar, tibbiyot muassasalari rahbariyati tomonidan bitiruvchilarni doimiy ish bilan ta’minlash masalasiga jiddiy e’tibor qaratilayotganliklarini bildirishdi.

Onlayn muloqot davomida o‘quv yilini yakunlash, “Bitiruv kechasi”, “Shifokor qasamyodini qabul qilish” marosimini o‘tkazish kabi masalalar yuzasidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Bitiruvchilar Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimovning onlayn muloqotidan mamnun bo‘lganliklarini bildirishdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!