alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining talabalar bilan ochiq muloqoti

16:35 27.01.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov tashabbusi bilan instituti ma’muriyatining talabalar bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda. Navbatdagi ochiq muloqot institutning ma’ruzalar zalida pediatriya fakultetining 5-bosqich talabalari bilan o‘tkazildi. Ochiq muloqotda institut rektori bilan birga pediatriya fakulteti dekani A.Gafurov, dekan o‘rinbosarlari, kurs mas’ullari ishtirok etishdi.

Samimiy muloqot davomida talabalarni o‘quv jarayonidagi yangiliklar bilan tanishtirdi, bu borada talabalarning fikrlarini tingladi. 5-kurs talabalaridan institut jamoasining umidi katta ekanligini bildirdi. Uchrashuv davomida institut rektori yurtimizdagi tinchlik, hotirjalikni qadrlashimiz zarurligini ta’kidlab o‘tar ekan, shifokorlik kasbining mas’uliyati, sharafli bu kasbni egallashlari uchun institut talabalariga yaratilgan shart-sharoitlar xususida so‘z yuritdi, shifokorlik kasbini tanlagan yosh hamisha sidqidil bilan mehnat qilishi, bemorlarga samimiy bo‘lishi, bilim va ko‘nikmalarini boyitib borishi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Professor M.M.Madazimov institutning smulatsion markazi, Axborot-resur markazida mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan talabalar yaxshi yutuqlarga erishayotganligi, yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishlari zarurligini uqtirib o‘tdi. Andijon davlat tibbiyot instituti rektori talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvlari davomida tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga, institut ichki tartib-qoidalariga amal qilish zarurligini aytib o‘tdi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!