alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining talabalar bilan ochiq muloqoti

16:50 10.10.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori professor Madaminjon Madazimov ochiq muloqot qilish maqsadida institut Kengashlar zalida davolash fakultetinig 2-bosqich talabalari bilan uchrashdi. Institut rektorining talabalar bilan uchrashuvida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Abdurayim Arziqulov, davolash fakulteti dekani B.Mamatov va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.

Rektor dastlab adolatli, shaffof holda o‘tkazilgan test sinovlari natijasida qabul qiligan 2-bosqich talabalarning bilimi avval qabul qilingan talabalarning bilimdan yuqori ekanligi e’tirof etgan holda, talabalarning ilm olishga bo‘lgan qiziqishlaridan mamnun ekanligini bildirib o‘tdi. Shundan so‘ng, institut talabalari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, institutning o‘quv binolarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, rejalashtirilayotgan ishlari haqida so‘z yuritdi.

Institutning smulatsion markazida yaratilgan shart-sharoitlar, markaz yordamida olib boriladigan amaliy mashg‘ulotlar, mashg‘ulotlarda ko‘rsatilgan natijalarni baholash tizim haqida batafsil to‘htalib o‘tdi. Axborot-resur markazidagi mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan talabalar yaxshi yutuqlarga erishishi mumkinligini eslatib o‘tdi va yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishlari zarurligini uqtirib o‘tdi. Institut talabalarining xalqaro olimpiadalardagi yutuqvlarini faxr bilan e’tirof etdi.

Talabalar M.Madazimovning masofaviy ta’lim, telemeditsina bo‘yicha bergan ma’lumotlarini qiziqish bilan tingladilar.ADTI rektori M.Madazimov 2-bosqich talabalar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida tibbiyot instituti talabalari kiyinish madaniyatiga qat’iy amal qilishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi. Bundan tashqari, har bir talaba institut ichki tartib-qoidalariga amal qilishi zarurligini aytib o‘tdi. Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar har birimiz o‘zligimizni unutmasligimiz, o‘zbek degan nomga dog‘ tushurmasligimiz zarurligi ta’kidlab o‘tdilar. ADTI 2-bosqich talabalari institut rektori bilan o‘tgan samimiy uchrashuvdan mamnun bo‘lganliklarni ifodaladilar.

ADTI axborot xizmati         

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!