(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti stomatologiya fakulteti talabalari g’olib bo’ldilar

09:38 01.03.2019

2019- yil 26-27 fevral kunlari Toshkent davlat stomatologiya  institutida “Mega Master” Respublika ilmiy-amaliy tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda stomatologiya fakulteti 4- bosqich talabalari B.Umurzaqov va O’.Abdumalikov, 3- bosqich talabasi I.Turg’unboyevlar ishtirok etdilar.

Ular tanlov natijalariga ko’ra umumjamoa hisobida 3- o’rinni egallash bilan birgalikda “Eng yaxshi implantolog”, “Eng yaxshi sinuslifting”, “Eng faol ishtirokchi” nominatsiyalarida sertifikatlarni qo’lga kiritgan holda zafar quchib, institutga yorug’ yuz bilan qaytdilar.

G’alaba muborak aziz ilm izlanuvchilari!