alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyi sport zalida mini futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

10:41 23.02.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 18- dekabrdagi “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy  faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  4063- sonli qarori ijrosini ta’minlash, Andijon viloyat hokimining joriy yil 11- fevraldagi 11/05-46-sonli xatiga asosan, viloyat aholisini jismoniy tarbiya va sportga yanada jalb qilish yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning  22- bandi ijrosi yuzasidan, shuningdek, “Ommaviy sport oyligi”ni ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada o‘tkazish maqsadida  Andijon davlat tibbiyot institutida sport mashg‘ulotlari va musobaqalari tashkil etilmoqda.

22-fevral kuni Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyi sport zalida mini futbol bo‘yicha institut talabalari o‘rtasida “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada davolash, pediatriya, stomatologiya, kasbiy ta’lim, tibbiy profilaktika, farmasevtika   fakultetlari va yo’nalishlarining jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Qiziqarli va murosasiz o‘tgan musobaqada stomatologiya fakulteti jamoasi faxirli 1 – o’ringa ega bo’lib, “Rektor kubogi”ni qo‘lga kiritdilar. Davolash fakulteti  jamoasi 2-, kasbiy ta’lim yo’nalishi jamoasi 3-o’rinni egalladilar.

 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!