alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar turar joyi  yangi  o`quv yiliga shay

07:51 19.08.2019

Andijon davlat tibbiyot institutida yangi o`quv yiliga tayyorgarlik  ishlari qizg`in olib borildi. Talabalarning qulay sharoitlarda yaxshi yashab, a’lo o`qishlari uchun  barcha  sharoitlar muhayyo qilindi. Institut rahbariyati, mas’ul xodimlar va quruvchilarning sa’yi harakatlari bilan  talabalar turar joyi hududi   obod  va ko`rkam go`shaga aylantirilmoqda.

Toza va orasta holatga keltirilgan chor atrof, gulzorlar, favvora, hovuzcha, mo’jazgina  dam olish joylari, yangitdan ta’mirlangan   ayvonlar  yotoqxonaga tashrif buyurgan kishining bahri dilini ochadi.

Davolash ishi, pediatriya ishi va boshqa fakultet hamda yo`nalish talabalari  yotoқqonalari  mukammal ta’mirdan chiqarildi. Jumladan, koridorlar,  Axborot resurs markazi, o`quv zallari, ovqat tayyorlash xonalari,  talabalar yashash xonalari, gigiena, yuvinish, kir yuvish xonalari  qayta ta’mirlanib, yangi rusumdagi maishiy jihozlash va zarur anjomlar keltirilib  o`rnatildi.

     Talabalar turar joyida yana bir yangilik!

Muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning  izchil ijrosini ta`minlash bo`yicha maxsus xonalar tashkil etilib, talabalarning ijodiy qobiliyatlarini  yanada rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Birinchi tashabbus – yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning t boshqa turlari bo`yicha ularning qiziqishlarini oshirish  bo`yicha alohida xona tashkil etilib, musiqa asboblari va boshқa san’at turlariga oid anjomlar muhayyo qilindi.

Ikkinchi tashabbus bo`yicha tashkil etilgan  jismoniy madaniyat va fitnes xonasida shug`ullanuvchilar barcha   sport anjomlari yetarli.

Uchinchi tashabbus ijrosi uchun tayyorlangan xonada yoshlarni kompyuter texnologiyalari  va internetdan samarali foydalanishini tashkil etish bo`yicha  barcha imkoniyatlar mavjud zamonaviy   kompyuterlar o`rnatildi.
To`rtinchi tashabbus xonasida esa,  kichik kutubxona tashkil etilib, bu yerda badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar hamda jurnallar o`rin olgan.
Beshinchi tashabbus asosida tayyorlangan xonaga beshta o`rganuvchi – tikuv mashinalari o`rnatildi. Bu yerda talaba yoshlar darsdan bo`sh vaqtlarida chevarlik va dizaynerlik faoliyatlari  bilan shug`ullanishlari, o`z ehtiyojlari uchun zarur kiyim-boshlarni tikish imkoniyatlari yaratildi.
Xullas, yangi o`quv yilida  talabalar mutlaqo yangi, zamonaviy tusda ta’mirlangan, barcha sharoitlar muhayyo qilingan shinam  yotoqxonalarda yashab,  o`qiydilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!