alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari "Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – Uchinchi renessansgacha" mavzusidagi  Xalqaro onlayn talabalar fan olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etdilar

18:17 26.12.2020

Buxoro davlat tibbiyot institutida «Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – Uchinchi renessansgacha» mavzusida Xalqaro onlayn formatida talabalar fan olimpiadasi o‘tkazildi. Xalqaro onlayn talabalar fan olimpiadasi Andijon davlat tibbiyot institutining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar faol ishtirok etishdi. Nufuzli hakamlar hay’atining baholariga ko‘ra fiziologiya yo‘nalishida faxrli 1-o‘rinni Andijon davlat tibbiyot institutining vakili Xasanboy Babaxonov egalladi.

Patоlagik anatomiya yo‘nalishida ishtirok etgan vakilimiz Sevinch Isaboyeva faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Andijon davlat tibbiyot institutining 9 nafar talabasi turli yo‘nalishlar bo‘yicha faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Bular: Dilshoda Mamarazzaqova, Xafiza Obidova, Shaxnozabegim Mamasolyeva, Shoxislom Madaminov, Jamshidbek Umrzaqov, Guldona Abdullayeva, Doniyor Sottimov, Bekzod Madaminov, Ilhomjon G‘ulomovlar.









Bundan tashqari 13 nafar talabamiz turli nominatsiyalar g‘oliblari bo‘lishdi.













«Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – Uchinchi renessansgacha» mavzusida Xalqaro onlayn formatida talabalar fan olimpiadasining barcha g‘oliblarini institut jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz.

Sh.Ya.Bustanov

ADTI iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!