alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida o‘tkaziladigan xalqaro olimpiadada qatnashadilar

17:00 20.02.2019

Kuni kecha Andijon davlat tibbiyot instituti  Anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Z.Qahharov  boshchiligida  davolash fakulteti 404-guruh talabalari J.Umurzakov, M.Ziyaev, 306–guruh talabasi  R.Tursunova hamda bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi magistratura yo‘nalishi 1-kurs talabasi   D.Abdurahmonovalar  Rossiya Federatsiyasi  Dog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdilar.

Andijon davlat tibbiyot instituti jamoasini  Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘ining o’rinbosari Sajida Xadjalieva samimiy  kutib oldi.

Institutning talaba-yoshlari  “Spasi i soxrani” shiori ostida birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkaziladigan  III Butunrossiya  xalqaro  olimpiadasida  ishtirok etadilar.  Mazkur olimpiada Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi, Dog‘iston Respublikasi favqulodda  vaziyatlar vazirligi   hamkorligida tashkil etilmoqda. Olimpiadani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha  tashkiliy qo‘mita raisi etib,  Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti rektori, professor S.N.Mammaev  tayinlangan.

Ushbu olimpiada talabalarning birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha  amaliyotdagi bilim va    ko‘nikmalarini oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Bugun, 20-fevral kuni  institutning anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent Z.Qahharov  Dog’iston davlat tibbiyot universiteti pediatriya fakultetining  1-bosqich  talabalariga  “Oshqozon-ichak sistemasi anatomiyasi”  mavzusida ma’ruza o‘qidi. Ma’ruza   universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan  yuqori baholandi.

Ertaga bo‘lib o‘tadigan xalqaro  olimpiadada  ADTI talabalariga omad va zafarlar tilab, ulardan  yuqori natijalarni  kutib qolamiz.
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!