
Andijon davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘nalitirish, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida “Amaliy san’at ustasi” ko‘rik tanlovi tashkil qilindi.
Ushbu tanlov ikki bosqichda: fakultet va institut bosqichidan iborat bo‘ldi. Tanlovning final bosqichida fakultetlarning eng yaxshi amaliy san’at bilan shug‘ullanib kelayotgan talabalar ishtirok etdilar. Ular o‘zlarining ijodiy ishlarini namoyish etib, suratlarda ham taqdim etdilar.
Yakuniy natijalarga koʻra, “Eng yaxshi amaliy san’at ustasi” ko‘rik-tanlovida e’tirofga sazovor bo‘lgan va hakamlar hay’ati tomonidan munosib deb topilgan ishtirokchilar gʻolib deb topildi.
Ular:
1-o‘rinni – Farmatsiya fakulteti 4-bosqich talabasi Muhammadmirzo Toʻlanboyev;
2-oʻrinni – Stomatologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Oyshagul Baxramova;
3-oʻrinni – Pediatriya fakulteti 2-bosqich talabasi Ro‘zixon Mirodilovalar egalladilar.