alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TALABALARI OʻRTASIDA “AMALIY SAN’AT USTASI” TANLOVI OʻTKAZILDI

18:19 26.05.2023

Andijon davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘nalitirish, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida “Amaliy san’at ustasi” ko‘rik tanlovi tashkil qilindi.

Ushbu  tanlov ikki bosqichda:  fakultet va institut  bosqichidan iborat bo‘ldi.  Tanlovning final bosqichida fakultetlarning eng yaxshi amaliy san’at bilan shug‘ullanib kelayotgan talabalar ishtirok etdilar. Ular o‘zlarining ijodiy ishlarini namoyish etib, suratlarda ham taqdim etdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra, “Eng yaxshi amaliy san’at ustasi” ko‘rik-tanlovida e’tirofga sazovor bo‘lgan va hakamlar hay’ati tomonidan munosib deb topilgan ishtirokchilar gʻolib deb topildi.

Ular:

1-o‘rinni – Farmatsiya fakulteti 4-bosqich talabasi Muhammadmirzo Toʻlanboyev;

2-oʻrinni –  Stomatologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Oyshagul Baxramova;

3-oʻrinni – Pediatriya fakulteti 2-bosqich talabasi Ro‘zixon Mirodilovalar egalladilar.

 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!