alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari Rossiya Federatsiyasining Dog‘Iston davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada faxrli 1-o‘rinni egalladilar

09:57 22.02.2019

Andijon davlat tibbiyot instituti  Anatomiya, operativ jarrohlik va topografik anatomiya kafedrasi mudiri, dotsent   Z.Qahharov  boshchiligida  davolash fakulteti 404-guruh talabalari J.Umurzakov, I.Ziyaev, 306–guruh talabasi  R.Tursunova hamda bolalar anesteziologiyasi va reanimatologiyasi magistratura yo‘nalishi 1-kurs magistranti D.Abdurahmonovalar Rossiya Federatsiyasi  Dog‘iston Respublikasi Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida   “Spasi i soxrani” shiori ostida birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan  III Butunrossiya  xalqaro  olimpiadasida muvaffaqiyatli  ishtirok etdilar.

Mazkur xalqaro olimpiadada Andijon davlat tibbiyot institutining  “Ibn Sino avlodlari” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladilar. Ular 1-darajali diplom, sertifikatlar hamda kubok  bilan taqdirlandilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!