alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti  talabalari  uchun imtiyozli  maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi

15:38 11.03.2020

Andijon shahrining Yu.Otabekov ko‘chasida – Andijon davlat tibbiyot institutining ro‘parasida “Bilimdonlar akademiyasi” nomli maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi.

“Bilimdonlar akademiyasi”ning ochilish marosimi bayramona o‘tdi. Tantanali ochilish marosimida Andijon viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov, nuroniy otaxon, onaxonlar, Andijon davlat tibbiyot institutining professor-o‘qituvchilari va talabalari,  “Bilimdonlar akademiyasi”ga qabul qilingan kichkintoylar ishtirok etishdi.

Tantanada viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov mazkur MTM quruvchilariga, shinam va ko‘rkam “bog‘cha”da mehnat qilayotgan tarbiyachilarga minnaddorchilik bildirdi.


Shuni e’tirof  etish kerakki, viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari bilan o‘tkazgan uchrashuvidagi va’dasiga muvofiq institutda o‘qiyotgan 40 nafar talabaning farzandlari “Bilimdonlar akademiyasi”ga imtiyozli qabul qilinmoqda.

Maktabgacha ta’lim muassasasining bayramona ochilish marosimi ishtirokchilari muassasada kichkintoylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar, iste’dodli yoshlar ijrosidagi qo‘shiq, rasqlar, sport o’yinlaridan bahramand bo‘lishdi.

O‘.Arziqulov.

ADTI psixologi

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!