alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari uchun palov damlandi

11:06 07.01.2020

Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yoshlar ilm-fan, ma’naviy-ma’rifiy, sport sohalarida o‘z salohiyatlarini ko‘rsatishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Bu e’tibor, g‘amxo‘rliklarga javoban mamlakatimiz yoshlari ham ulkan-ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishmoqdaki, bu barchamizni quvontiradi.


Qishki ta’til yakunlanib mashg‘ulotlar boshlanganligi munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi yoshlar, jumladan xorijiy talalablar uchun institut ma’muriyati tashabbusi bilan xalqimizning milliy taomi – palov damlandi.


Institut Talabalar turar joyidagi oshxona, “BOOK KAFE”da bayramona dasturxon yozildi. Ta’til munosabati bilan bir-biridan bir oz yiriqlashib do‘stlarini sog‘inishib qolgan talabalar to‘kin dasturxon atrofida maroq bilan suhbatlashdilar. Yangi yil taassurotlarini o‘rtoqlashdilar.


Palovxo‘rlik bahonasida institut prorektorlari, fakultet dekanlari, murabbiylar, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat tibbiyot instituti boshlang‘ich tashkiloti faollari ham talabalar bilan samimiy muloqotda bo‘lishdi – ta’lim jaryonidagi islohotlar, o‘quv dasturlaridagi yangiliklar yuzasidan suhbatlashdilar.


Milliy taomimiz palov tarqatilishi munosabati bilan tashkil etilgan mehmondorchilik xorijiy talalarga ham juda ma’qul keldi.


Palovxo‘rlikdan so‘ng Andijon davlat tibbiyot institutining iste’dodli talabalari tomonidan taqdim etilgan adabiy-badiiy dasturda ham talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. Badiiy dastur davomida ijro etilgan qo‘shiqlar, raqslar ommaviy o‘yin-kulgu bilan hamohang bo‘ldi.


Qishki ta’tildan qaytishlari munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari uchun damlangan palovning mazasi yoshlar davralarida uzoq vaqtlargacha maqtalishiga ishonamiz.


Bu kundagi zavqli lahzalar esa talabalar yodidan o‘chmasligi aniq.

ADTI axborot xizmati 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!