Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari Rossiya Federatsiyasi Astraxan davlat tibbiyot universitetida “Tibbiyotda shoshilinch holatlar” bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Institutning Bolalar jarrohligi va anesteziologiya- reanimatologiya kafedrasi o‘qituvchisi Sherzod Toshboev rahbarligida davolash fakulteti talabalari — N.Mamanazarova, Z.Djalaletdinov, I.Sharipov va magisratura yo‘nalishi birinchi bosqich talabasi D.Abdurahmonovalardan iborat jamoasi bor bilim va mahoratlarini ko‘rsatib, zafar quchganlar safidan joy oldilar.
G’oliblarga sertifikatlar hamda ADTI rektori M.Madazimov nomiga «Tashakkurnoma» topshirildi.