alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari yangi “semestr”ni yangi o‘quv binoda boshlashadi

16:07 01.02.2020

Andijon davlat tibbiyot instituti talabalari soni 2019-2020 o‘quv yilida belgilangan rejadan ko‘ra ancha ko‘p bo‘ldi. Shuning uchun ham institut yangi binosi qisqa vaqt mobaynida foydalanishga tayyorlandi.


Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov bugun yangi binoning talabalarni qabul qilishga tayyorligi bilan tanishdi.


Rektorga o‘quv ishlari prorektori A.Sh.Arziqulov, fakultet dekanlari hamrohlik qilishdi.


Ushbu o‘quv binoda 2 ta 120 o‘rinli, 2 ta 40 o‘rinli ma’ruza zali, 100 ga yaqin o‘quv auditoriyalari zamanoviy qattiq va yumshoq inventarlar, zamonaviy kompyuter, proektor, televizorlar, laborator jihozlar bilan ta’minlangan.


Rektor institut yangi binosida joylashgan kafedralar mudirlari va professor-o‘qituvchilari bilan yangi o‘quv binosida kafedralarni joylashishi, jihozlanishi va o‘quv jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan suhbatlashdi.


O‘quv binosida yoritish va isitish tizimlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Binoda professor-o‘qituvchilarni zamon talabi darajasida mashg‘ulotlarni olib borishlari hamda talabalar puxta bilim egallashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.


Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.M.Madazimov yangi binoda o‘quv jarayonini tashkil etish borasida o‘z taklif, mulohazalarini bildirdi.

ADTI axbrot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!