Andijon davlat tibbiyot instituti talabalarining namanganlik ish beruvchilar bilan ochiq muloqoti

image_pdfYuklab olish (pdf)

Andijon davlat tibbiyot instituti Farg‘ona vodiysidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan. Institutda andijonlik talabalar bilan bir qatorda ko‘plab farg‘onalik, namanganlik yoshlar ta’lim olishadi. Namangan viloyati bo‘ycha bu yil bitiruvchilar soni jami 188 nafarni tashkil qiladi. Shundan 35 nafari klinik ordinatorlar, 17 nafari magistratura bitiruvchilari.

Bugun institut Kengashlar zalida Namangan viloyati  sog‘liqni saqlash boshqarmasi  mutasaddilari bilan bakalavr  va magistratura  yo‘nalishlari  bitiruvchilari  hamda  klinik ordinatorlar bilan ochiq  muloqot o‘tkazildi.  Uchrashuvda institut prorektorlar, doktorantura va  klinik ordinatura bo‘yicha mas’ullar, marketing xizmati bo‘limi xodimlari, fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda bitiruvchilar ishtirok etdilar.

Tadbirni  ADTI rektori M.M.Madazimov ochdi va institut bitiruvchi talabalariga mehmonlarni  tanishtirdi.

Shundan so‘ng, Namangan  viloyati  sog‘liqni saqlash  boshqarmasi  boshlig‘i Abdulxodi Iminov   so‘zga  chiqib, tibbiyot tizimida  olib borilayotgan  izchil  islohotlar, o‘zgarishlar  haqida fikrlar bildirdi. Shuningdek, Namangan viloyatidagi ish o‘rinlari, bitiruvchilarga yaratilgan sharoitlar, imkoniyatlar  va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot  berdi.

 

Namanganlik ish beruvchilar bilan ochiq  muloqot   samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. Har bir bitiruvchi o‘z ish joyiga ega bo‘ldi.

 

 

130