alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI TIBBIY BIOLOGIYA VA GISTOLOGIYA KAFEDRASI PROFESSOR O‘QITUVCHILARINING XORIJIY TALABALAR TURAR JOYIDA O‘TKAZGAN TADBIRI

03:57 11.01.2022

                    “Asl milliy va axloqiy qadryatlarimizni anglash davr talabi”

Tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi professor o‘qituvchilari xorijiy talabalar turar joyida “Asl milliy va axloqiy qadryatlarimizni anglash davr talabi” mavzusida davra suxbati olib bordilar. Tadbirni tibbiy biologiya va gistologiya kafedrasi assistentlari N.A.Umarova, B.T.Sharobiddinov va X.M.Mamatovlar olib bordilar.

Xorijiy fakultet talabalarga milliy qadryatlar, maxalliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy urf odatlarimiz, bayramlarimiz xaqida tushunchalar berib o‘tdilar.  Xorijiy talabalarimiz xam o‘zlarini milliy urf odatlari  bayramlari xaqida o‘zaro fikr almashdilar.

Qadriyatlar har bir millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini oynadek ko‘rsatib turuvchi eng muhim omillardan biri. Olimlar qadriyatlarni milliy, diniy, mahalliy, mintaqaviy va umuminsoniy kabi bir qator turlarga shartli bo‘ladilar.

Qadriyatlar xalqimizning bebaho boyligi, jamiyatimiz, millatimiz, davlatimiz taraqqiyotining asosiy omillaridan biri. SHunday ekan, azal-azaldan xalqimizga xos bo‘lgan milliy qiyofani shakllantiruvchi mardlik, tantilik, mehmondo‘stlik, saxovatpeshalik, o‘zaro hurmat, birodarlik, bag‘ri kenglik, mehribonlik kabi betakror fazilatlar har bir yurtdoshimiz tomonidan amalda e’zozlanishi, asrab-avaylanishi, ijobiy jihatlar qo‘shib boyitilishi, rivojlantirilishi baxtli kelajagimiz uchun eng muhim shartdir.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va o‘zlari qushiqlar va she’rlar ijro etdilar.

Muallif: Kafedra ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha ma’suli N.A.Umarova

ADTI matbuot xizmati

🔗 Website  | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!