alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti va Germaniyaning Rostok universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi.

10:40 19.11.2019

Zamonaviy texnologiyalarni tibbiyot sohasiga olib kirish zamon talabi. Shu maqsadda Andijon davlat tibbiyot instituti va Germaniyaning Rostok universiteti o‘rtasida 2018-yilning  19-dekabr kuni hamkorlik shartnomasi imzolangan.




Mazkur shartnomaga asosan Germaniyaning  yetakchi mutaxassislari Andijon davlat tibbiyot instituti o‘quv jarayoniga jalb etildi, talabalar, magistr va klinik ordinatorlar uchun darslar, ma’ruza va mahorat darslari o‘tkazildi, masofaviy ma’ruza va bemorlar ko‘riklari tashkil etildi. Hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida bir qator chora-tadbirlar belgilangan.




Rostok universitetining 600 yillik yubiley tadbirlarida ishtirok etish, mazkur nufuzli universitet bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish bo‘yicha bir qator masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishish maqsadida Germaniyaga tashrif buyurgan Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.M.Madazimov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Z.Salaxiddinov, urologiya kafedrasi doseti M.A.Shodmonovlardan iborat delegatsiya ishi samarali bo‘ldi.





 
2019-yil 15-noyabr kuni Andijon davlat tibbiyot instituti va Germaniyaning Rostok universiteti o‘rtasida magistraturaning “Tibbiy biotexnologiya” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma talim dasturi ochish to‘g‘risida memorandum imzolandi. Rostok universiteti va ADTI o‘rtasida akademik mobillik, talabalar almashinuvi, masofaviy maruzalar o‘qish borasidagi ishlar 2018-yil dekabr oyidan davom etib kelmoqda.




Andijon davlat tibbiyot instituti delegatsiyasi tashrif davomida Rostok universitetining Tibbiy bioinjinering instituti bilan yaqindan tanishdi. Bu boradagi yangilik, nanotexnologiyalar o‘rganildi.




Delegatsiya Rostok universitetining hamkori “CENTOGENE” kompaniyasi laboratoriyasiga tashrif buyurdi. Bu yerdagi inson genomini aniqlash va bioximik tahlillar o‘tkazish borasidagi yuqori texnologik jarayonlar bilan tanishildi. Kelgusida ushbu kompaniya bilan hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish haqida kelishib olindi.


Andijon davlat tibbiyot instituti va Germaniyaning Rostok universiteti o‘rtasidagi hamkorlik samarali davom etishga ishonamiz.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!