alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti va Koreya oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik aloqalari kengaymoqda

19:00 20.11.2020

Andijon davlat tibbiyot institutida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish borasida Koreya bilan turli yo‘nalishlarda yaxshigina aloqalar davom ettirilmoqda.
Bugun Janubiy Koreyaning Pusan milliy universiteti professori Cho‘ Jae Wook hamda mazkur universitet xalqaro aloqalar menedjeri Taeyeon Kim Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar.

Koreyalik mehmonlar bilan institut rektori M.M.Madazimov, davolash ishlari bo‘yicha prorektor B.Mirzakarimov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K.Salahiddinov, xorijiy talabalar bilan ishlash fakulteti dekani G.Yaxshiboyevalar suhbatda bo‘lishdi.
Samimiy suhbat davomida institut rektori institutning ilmiy salohiyati, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar   bilan tanishtirdi. Institut faoliyatiga oid videorolik namoyish etildi.

Pusan milliy universiteti vakillari hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, jumladan telemeditsina bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish,  shifokorlarning malakasini oshirish,  qo‘shma dasturlar tayyorlash bo‘yicha takliflarini bildirishdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti va Pusan milliy universiteti vakillarining uchrashuvi yakunida ikki tomon o‘zaro esdalik sovg‘alarini topshirdilar.



Muzokaralar ikki tomon uchun foydali kelishuvlar bilan yakunlandi.

ADTI axborot xizmati

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!