alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Andijon davlat tibbiyot instituti va Pahtabod tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi texnikumi o‘rtasidagi hamkorlik

14:41 19.01.2021

Andijon davlat tibbiyot instituti  Andijon viloyatining   Paxtaobod tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlik ishlarini olib bormoqdalar.

Mazkur texnikumning amaliyot ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Miskinov Baxtiyor, amaliyot uslubiy raxbari Xolmirzayev Akmaljon va bir guruh vakillari Andijon davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdilar va institut hayoti bilan yaqindan tanishdilar.

Mehmonlarni institut rektori, professor M.M.Madazimov, Axborot texnologiyalari bo‘yicha prorektor v.v.b. Z.O‘tanovlar samimiy kutib oldilar va institutda bo’layotgan yangi islohatlar to’g’risida so’zlab berdilar.

Hamkor texnikum vakillari institutning qayta jihozlangan Inkubasiya markazi, Simulyatsion o‘quv markazi, Axborot resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida tibbiyotga oid hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar, yangi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.



Tashrif yakunida institut jamoasi va texnikumlar vakillari hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!