alexa
Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti   Click to listen highlighted text! Welcome to Andijon davlat tibbiyot instituti
(0-374) 223-94-60
Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

ANDIJON DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTI VA ROSSIYA FEDERATSIYASINING NUFUZLI TIBBIYOT MARKAZLARI  BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA:  N.N.BURDENKO NOMIDAGI NEYROXIRURGIYA MILLIY TIBBIY TEKSHIRISH MARKAZI  BILAN  HAMKORLIKDA  ADTI KLINIKASIDA NEYROXIRURGIYA KONSULTATIV-METODIK  MARKAZI  OCHILMOQDA

10:51 03.12.2018

Avval xabar qilinganidek, joriy yil oktabr oyida Andijon davlat tibbiyot instituti rektori, professor M.Madazimov  Rossiya  Federatsiyasi  Moskva  shahrida xizmat safarida bo‘lib, N.N.Burdenko nomli  neyroxirurgiya milliy tibbiy tekshirish markazi direktori  A.A.Potapov bilan muzokaralar olib borgandi.

Uchrashuv chog’ida  ADTI va Moskvadagi mazkur nufuzli markaz o‘rtasida o‘quv-metodik, ilmiy ishlarni olib borish to‘g‘risida ikkitomonlama memorandum hamda  ADTI bazasida neyroxirurgiya konsultativ–metodik markazini ochish bo‘yicha  o‘zaro  shartnoma imzolangandi.
 
Ana shu ikkitomonlama kelishuvlar asosida, yaqinda ADTI bazasida neyroxirurgiya konsultativ-metodik  markazi tashkil etiladi. Bu markaz Farg‘ona vodiysi aholisiga malakali tibbiy xizmat ko’rsatish uchun neyroonkolog va neyroangiolog mutaxassislar tayyorlab beradi.
     Shuningdek, soha mutaxassislari uchun bu yerda mahorat darslari, operatsiyalar,konsultatsiyalar, ma’ruzalar olib boriladi.
      
 
 

Skip to content aasaaasaasas Click to listen highlighted text!